«Moskva-11» yo‘lovchilari bilan Lena daryosida Yaqutskda sayozga otirib qoldi
«Lena trans» MChJ ga qarashli «Moskva-11» teploxodi Yaqutskdagi Lena daryosi suv hududida qirg‘oqdan 700 metr masofada sayozga otirib qoldi. Kema Namiv stansiyasidan Nijniy Bestyax qishlog‘iga ketayotgan edi. Sharqiy Sibir transport prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar va ekipaj jabrlanmagan. Yaqutsk transport prokuraturasi suzish xavfsizligi qonun hujjatlariga va yo‘lovchilar huquqlariga rioya qilinishi bo‘yicha tekshiruv boshladi.
Sevara Azamova