Qarshida Nasaf brendi ostida traktorlar va qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi ishga tushdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi FM World qishloq xo‘jaligi texnikasi zavoriga tashrif buyurdi. Loyihaga $20 million xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lib, 200 ish o‘rni yaratilgan. Zavod Nasaf brendi ostida beshta traktor modeli va paxta terish mashinalarini yig‘adi, lokalizatsiya darajasi 30%ni tashkil etadi va eksportni $50 millionga yetkazish rejalashtirilgan.
Javlon Tursunov