Toshkentning beshta tumanidagi aholi issiq suvdagi kimyoviy hidga shikoyat qilmoqda — laboratoriya tekshiruvi boshlandi
Veolia Energy Tashkent Mirzo Ulug‘bek (Mirabad), Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Yunusobod tumanlari aholisidan issiq suvdagi yot kimyoviy hidga oid murojaatlar qabul qilgani haqida xabar berdi. Kimyoviy-bakteriologik va organoleptik tahlillar uchun suv namunalari olindi, ma’lumotlar ta’minotchi — «Toshkent IIT» AJga magistral tarmoqlarni yuvish maqsadida uzatildi. Natijalar tekshiruvlar yakunlanganidan keyin e’lon qilinishi va’dada berildi.
Javlon Tursunov