Tomskdagi OSB plitalar ishlab chiqarish zavodida katta yong'in o'chirilmoqda
Tomskdagi OSB plitalar ishlab chiqarish zavodida katta yong'in sodir bo'ldi. Oldindan ma'lum bo'lishicha, zavod ichidagi quritish uskunalari yonmoqda va yong'in maydoni 1 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Yong'inni o'chirishga 50 dan ortiq kishi va 19 ta texnika vositasi jalb qilingan. Birinchi bo'linmalar yetib kelganda qalin tutun kuzatilgan. Hozircha yong'in oqibatida jabrlanganlar yo'qligi ma'lum bo'ldi.
Sevara Azamova