Peshavarda xususiy maktabning tom qulab tushdi: 32 o'quvchi va o'qituvchi halok bo'ldi
Peshavar (Pokiston) shimolidagi Dir koloniyasi hududida joylashgan Al-Xayr xususiy ta'lim markazida binoning tom qulab tushdi. BBC ma'lumotlariga ko'ra, kamida 33 kishi, jumladan 32 o'quvchi va bitta o'qituvchi halok bo'ldi. O'lgan va jarohat olgan bolalar 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lib, ularning aksariyati bosh jarohatlarini oldi. Qutqaruvchilar xarobalar ostida hali ham bolalar qolgan bo'lishi mumkinligini istisno qilmaydi.
Aziz Karimov