O‘zbekiston ijtimoiy loyihalar uchun AI infratuzilmasiga imtiyozli kirishni tasdiqladi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 20-oktyabrdagi PKM-581-son qarori bilan Raqamli taraqqiyot vazirligi infratuzilmasini ijtimoiy AI loyihalariga bepul va imtiyozli asosda berish tartibini tasdiqladi. Startaplar, OTMlar va ilmiy tashkilotlar LLM uchun oyiga 10 mln tokengacha va 120 GB GPU xotirasiga bepul ega bo‘ladi, tokenni esa 50% chegirma bilan sotib olishi mumkin. Loyihalar tanlov asosida yiliga ikki marta saralanadi.
Sevara Azamova