Turkiyaning BRICS mamlakatlariga eksporti yanvar–sentabr oylarida 18,2 mlrd dollardan oshdi
Turkiya Eksportchilar Assambleyasi (TIM) ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning BRICSning o‘n mamlakatiga eksporti yilning birinchi to‘qqiz oyida 18,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Eng yirik yo‘nalish Rossiya bo‘ldi (4,1 mlrd dollar, −2,5%), undan keyin BAA (3,3 mlrd dollar), Misr (3,1 mlrd dollar, +28,6%) va Xitoy (3 mlrd dollar, +40,8%) keldi. Umumiy turkiya eksporti 5,2 foizga o‘sib 210,9 mlrd dollarga yetdi.
Dilnoza Rahimova