Qoraqalpog‘iston, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari tibbiyot muassasalarida fuqarolardan 1 mlrd so‘mdan ortiq summa olingani aniqlandi
O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida pullik tibbiy xizmatlar narxlarini shakllantirishdagi buzilishlar haqida xabar berdi. Iste’molchilardan asossiz yoki ortiqcha 1 mlrd so‘mdan ortiq summa undirilgan. Ishlar qo‘zg‘atildi, mablag‘larni qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi, bir qator xizmatlar tariflari o‘rtacha 16,22% ga pasaytirildi.
Nilufar Karimova