O‘zbekistonda 2027-yildan liftlardan foydalanish va ularni xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktyabrdagi 588-son qarori bilan liftlardan foydalanish va ularning texnik xizmat ko‘rsatilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Liftlarni ro‘yxatga olish va xizmat shartnomalari «Xavfsiz lift» elektron platformasiga o‘tkaziladi, xizmat oyiga kamida bir marta ko‘rsatilishi shart, yo‘lovchi liftlarida qurilish materiallarini tashish taqiqlanadi. Qoidalar 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Javlon Tursunov