Toshkentda avtobus yonishi rad etildi: turbokompressordan tutun chiqdi, yo‘lovchilar tushirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshshahartransxizmat» AJ avtobusi harakat davomida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Korxona yong‘in bo‘lmaganini ma’lum qildi: turbokompressordagi nosozlik tufayli yoqilg‘i to‘liq yonmasdan tutun hosil bo‘lgan. Haydovchi Baxtiyor Mamatov avtobusni to‘xtatib, yo‘lovchilarni tushirgan, hech kim jabrlanmagan.
Javlon Tursunov