Yevroparlament husiylarni Yevropa Ittifoqining terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga chaqirdi
Yevroparlament ko‘pchilik ovozi bilan Yaman husiylarini (Ansorulloh) YI terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga chaqiruvchi rezolyutsiyani ma’qulladi. Deputatlar Saudiya Arabistoniga hujumlarni, Bob al-Mandeb bo‘g‘ozini blokadani va guruhning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini qoraladi. Yakuniy qaror YI Kengashida qoladi, u yerda a’zo davlatlar yagona ovoz bilan qaror qabul qilishi talab etiladi.
Javlon Tursunov