«Telecom Soft» 10 mlrd so‘mlik tenderni bekor qildi — ikki kompaniya bir manzilda ekanligi haqidagi xabarlar ortidan
«Telecom Soft» MChJ avtomatik yo‘l harakati nazorati tizimlari uchun videokuzatuv uskunalari xaridi bo‘yicha boshlang‘ich qiymati 10 mlrd 316 mln so‘m bo‘lgan elektron tender o‘tkazdi. G‘olib deb Xitoyning HAC Smart Technologies kompaniyasi (657 ming dollar) topildi, zaxira g‘olib — HMN Smart (698 ming dollar). Kun.uz nashri «Revizor» kanaliga tayanib, ikkala kompaniyaning Tyanzin shahridagi ofisi bir xil manzilda ekanligi va saytlari deyarli bir xil ekanligini qayd etdi. Ertasi kuni xarid komissiyasi tenderni bekor qildi.
Dilnoza Rahimova