NABU Ukraina Milliy bankida va xodimlaridan birining uyida tekshiruvlar o‘tkazilganini tasdiqladi
Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi mamlakat Milliy banki binosida va xodimlaridan birining yashash joyida sud ruxsati bilan tekshiruvlar o‘tkazilganini ma’lum qildi. Hozircha hech kim hibsga olinmagan va hech kimga shubha qilingani yo‘q, jinoiy ish oshkor qilinmayapti. Radaning deputatlari ma’lumotlariga ko‘ra, tekshiruvlar regulyator rahbari Andriy Pyshnyga tegishli bo‘lgan, biroq NABU uning familiyasini atamagan.
Javlon Tursunov