«Teach for Uzbekistan» va Toshkent sharqshunoslik universiteti uzoq hududlar maktablariga bitiruvchilarni yo'naltirish bo'yicha memorandum imzoladi
«Teach for Uzbekistan» tashkiloti va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDSHU) o'rtasida hamkorlik memorandumiga imzo chekildi. Universitetning iste'dodli bitiruvchilari ikki yillik Fellowship dasturi doirasida uzoq hududlar maktablariga yo'naltiriladi: ular to'liq stavkada chet tillari, jumladan sharq tillarini o'qitadi va intensiv treninglardan o'tadi. Ishtirokchilarga qo'shimcha moliyaviy va metodik yordam ko'rsatiladi, dasturni tugatganlar esa «Teach For All» xalqaro tarmog'i (60 dan ortiq davlatni birlashtiradi) bitiruvchisi maqomini oladi.
Madina Usmonova