Toshkentda bozorlar va savdo majmualari inventarizatsiya qilinadi
Toshkent hokimligi poytaxtni 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar doirasida bozorlar va savdo majmualarining moliyaviy holatini o‘rganib chiqish, mulkini to‘liq inventarizatsiya qilish, qonunsiz binolarni va qarzlarni aniqlash rejalashtirilganini ma’lum qildi. Yakunlar bo‘yicha aktivlarni ochiq auksionga chiqarish imkoniyatini ham o‘z ichiga olgan takliflar tayyorlanadi.
Sevara Azamova