Nyu-Yorkning mashhur The Plaza mehmonxonasi 2027-yil yanvarida fasadni ta’mirlash uchun kamida to‘rt yilga yopiladi
Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyudagi The Plaza mehmonxonasi 2027-yil yanvarida mehmonlar uchun yopiladi: fasadni ta’mirlash kamida to‘rt yil davom etadi. Mehmonxona rahbariyati ishlarni tarixiy merosni muhofaza qilish talablari va xavfsizlik masalalari bilan izohlaydi. 1907-yilda ochilgan mehmonxona Historic Hotels of America ro‘yxatiga kiradi hamda kitoblar va filmlar bilan mashhur.
Aziz Karimov