Yevropa Ittifoqi va Vetnam savdo va tanqidiy xomashyo sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishdi
Vetnam prezidenti To Lam Bryusselga tashrif buyurib, Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta bilan uchrashdi. Tomonlar savdo, investitsiyalar va tanqidiy xomashyo sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi, Yevropa Ittifoqi–Vetnam erkin savdo bitimini to‘liq ijro etish va investitsiyalarni himoya qilish bitimini imkon qadar tezro ratifikatsiya qilishga chaqirdi.
Javlon Tursunov