Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 2027-yil sentyabridan boshlab tamaki sotib olish uchun hujjatlar ro‘yxatini kengaytirishni taklif qildi
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 2027-yil 1-sentyabrdan boshlab tamaki va nikotin saqlagan mahsulot sotib olishda xaridor yoshini tasdiqlaydigan hujjatlar ro‘yxatini 14 taga kengaytirishni taklif qildi. Bu tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha so‘nggi cheklovlar qatorining davomi: savdoni litsenziyalash, bekatlar yaqinida sotishni taqiqlash va veypga qarshi mintaqaviy taqiqlar.
Aziz Karimov