Erkinjon Turdimovga 2027-yil 1-fevralgacha vazirlik xodimlarini suhbat orqali ishga qabul qilish huquqi berildi
19-oktyabrdagi Prezident farmoni bilan ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimovga 2027-yil 1-fevralgacha vazirlik markaziy apparatiga xodimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat asosida qabul qilish huquqi berildi. Hujjat, shuningdek, vazirlik tuzilmasini, bir qator yangi tashkilotlar tashkil etilishini va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’limni rivojlantirish markazi faoliyatining tugatilishini belgilab berdi.
Sevara Azamova