O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovi muddati 1 noyabrga cho‘zildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2026/2027 o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovi va talabalarni rasmiy qabul qilish muddatini 1 noyabrga cho‘zdi. Avval muddat 15 oktyabrga ko‘chirilgan edi. Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab pedagog xodimlar farzandlari uchun kontrakt summasining 30 foizini kompensatsiya qilish joriy etiladi.
Dilnoza Rahimova