Sulton Haytam Buyuk Britaniyaga Omanning 44 yil ichidagi birinchi davlat tashrifi chog‘ida savdo, sun‘iy intellekt va Hormuz bo‘g‘ozi xavfsizligini muhokama qildi
Oman sultoni Haytam Buyuk Britaniyaga 44 yil ichidagi birinchi davlat tashrifini amalga oshirdi. London Siti shahrida u ikki tomonlama investitsiyalar va savdo o‘sishini ta’kidlagan, Dauning-stritda esa bosh vazir Endi Bernxem bilan Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyatni muhokama qilgan. Tashrifning to‘rt kunida 1 mlrd funtdan ortiq qiymatga ega bitimlar imzolandi, jumladan Salalada sun‘iy intellekt ma’lumotlar markazi loyihasi ham bor. Sulton, shuningdek, Here East texnoparkiga tashrif buyurib, kosmos, tibbiyot va sun‘iy intellekt sohalaridagi britaniya va oman startaplar bilan tanishdi.
Javlon Tursunov