YI: gaz zaxiralari tarixiy o‘rtachadan past, biroq ta’minot xavfsizligi muammosi yo‘q
Yevropa Komissiyasi YI gaz omborlarining to‘ldirilish darajasi tarixiy o‘rtachadan past ekanini, bunga Yaqin Sharq inqirozining energiya narxlariga va SUK yetkazib berishiga ta’siri sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Komissiya rasmiy vakili Anna-Kaysa Itkonen aytishicha, oldinda qiyin qish bo‘lishiga qaramay, ta’minot xavfsizligi tahdidi yo‘q. Masala Yevropa Kengashi sammitida muhokama qilingan, strategik gaz zaxiralarini yaratish bo‘yicha muhokama bo‘lishi mumkin.
Javlon Tursunov