Ta'lim vaziriga 2027 yil 1 fevralgacha xodimlarni suhbat asosida ishga olish vakolati berildi
«Ta'lim va ilm-fan vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi prezident qarori (PQ-380) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, vazir istisno tariqasida vazirlik markaziy apparatiga 2027 yil 1 fevralgacha xodimlarni to'g'ridan-to'g'ri suhbat asosida ishga qabul qilishi mumkin. Hujjatda vazirlik huzurida bir qator tuzilmalar tashkil etilishi hamda autsorsing asosida call-markaz va qayta aloqa tizimi yo'lga qo'yilishi belgilangan.
Javlon Tursunov