Ramazon Temirov UFCdagi ilk mag‘lubiyatini boshdan kechirdi: Stiven Kavanaga texnik nokaut bilan yengildi
24-oktabr kuni Abu-Dabida o‘tkazilgan UFC 333 turnirida o‘zbekistonlik jangchi Ramazon Temirov UFCdagi ilk mag‘lubiyatini boshdan kechirdi: eng yengil vazn toifasida unga britaniyalik Stiven Kavana birinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. Jang 4:28 da to‘xtatildi. Temirovning ketma-ket 12 g‘alabadan iborat seriyasi uzildi; uning professional rekordi endi 20 g‘alava va 3 mag‘lubiyat.
Aziz Karimov