ABC News: AQSh va Rossiya amerikaliklarni, jumladan Hubbardni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga yaqin
ABC News nashrining amerikalik mansablarga tayanib xabar berishicha, AQSh fuqarolarini Rossiya qamoqxonalardan ozod qilish bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga chiqdi. Kelishuvning asosiy shaxsi sifatida yollanma askarlikda ayblangan Stiven Hubbard atalmoqda. Muzokaralarni Stiv Vitkoff va Jared Kushner olib bormoqda, biroq yakuniy kelishuv hozircha erishilmagan.
Sevara Azamova