Stavropolda bahordan 27 zonada elektrosamokatlarda yurish cheklanadi
Stavropol ma’muriyati 2027-yil 1-martidan boshlab elektrosamokatlar va boshqa shaxsiy mobillik vositalarida sayr va dam olish uchun mo‘ljallangan 27 zonada yurishni taqiqlashini ma’lum qildi. Meriya SMV joylashtirish joylari ro‘yxatini tasdiqladi - 226 manzil. Taqiq iyul oxirida belgilangan jamoat makonlariga, jumladan parklar, maydonlar va piyodalar zonasiga taalluqli. Iyulda o‘lkada SMV talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilgan edi: jismoniy shaxslarga 3-4 ming rubl, yuridik shaxslarga 20-30 ming rubl jarima.
Sevara Azamova