2026-yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistondan deyarli 6 mln kishi turistik maqsadlarda chet elga chiqdi
Statqo‘mit ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida turistik maqsadlarda chet elga 5,9 mln O‘zbekiston fuqarosi chiqqan — bu o‘tgan yilga nisbatan 132,7 ming kishiga ko‘proq. Eng ko‘p tashrif buyurilgan davlat Qirg‘iziston bo‘ldi. Shu davr mamlakatga 10,3 mln sayyoh keldi.
Sevara Azamova