Science Corporation birinchi marta Stargardt kasalligi bilan og‘rigan bemorga PRIMA chipini o‘rkatdi
Science Corporation kompaniyasi davolanmaydigan hisoblangan merosiy ko‘z kasalligi — Stargardt kasalligi bilan og‘rigan birinchi bemorga ko‘rishni tiklovchi PRIMA chipini o‘rkatganini ma’lum qildi. Operatsiya may oyida Sidneydagi sinovlar doirasida o‘tkazildi; reabilitatsiyaning dastlabki mashg‘ulotlarida bemor allaqachon harfni ko‘rdi va so‘zni o‘qidi. Loyihani TechCrunch Disrupt konferensiyasida ilgari Neuralink asoschilaridan biri bo‘lgan bosh direktor Maks Xodak ma’lum qildi.
Madina Usmonova