Fransiya deputatlari sotsial sug‘urta byudjetidagi €3,7 mlrdlik chorani rad etdi
Fransiya Milliy majlisi 2027-yilgi sotsial sug‘urta moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasining 7-moddasini rad etdi, bu modda ish beruvchilarning imtiyozlarini qisqartirish hisobiga €3,7 mlrd ($4,1 mlrd) keltirishi kerak edi. Hukumat bu esa 2026-yildagi €21,8 mlrdlik defitsitni 2027-yilda €12,7 mlrdgacha kamaytirish rejasiga xavf solayotgani haqida ogohlantirmoqda.
Javlon Tursunov