Siyosatshunos Soskin: Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik faqat Zelenskiy isteʼfoga chiqqanidan keyin mumkin
Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi, siyosatshunos Oleg Soskin Ukraina Rossiya bilan tinchlik kelishuvini faqat Vladimir Zelenskiy isteʼfoga chiqqanidan va yangi prezident saylovi o‘tkazilganidan keyin tuzishi mumkinligini aytdi. U tartibga solishning ikki bosqichli rejasini taklif qildi hamda Kiyevning NATO va YIga aʼzoligi istiqboliga shubha bilan qaradi. Shu bilan birga, Moskva va Kiyev noyabrning birinchi yarmida AQSh vositachiligida texnik muzokaralarni qayta boshlashga kelishib oldi.
Aziz Karimov