Bahodir Jalolov Solomon Dakresni mag‘lub etib, 18 jangda 18 g‘alabaga erishdi
O‘zbekistonlik ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov 17-oktyabr kuni Londonda britaniyalik og‘ir vaznli bokschilar Solomon Dakresni hakamlarning yagona qarori bilan mag‘lub etdi. Beshinchi raundda Jalolov raqibini nokdaunga tushirdi. Bu o‘zbek bokschisining professional ringdagi 18-g‘alabasi bo‘lib, ulardan 15 tasini nokaut bilan qo‘lga kiritgan.
Bekzod Nazarov