Xusanov «PSJ»ga qarshi o‘yinni to‘liq o‘tkazdi, Sofascore uning o‘yinini 6,1 ball bilan baholadi
14-oktabr «Manchester Siti» Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinda «PSJ»ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Abdulkodir Xusanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va butun uchrashuvni maydonda o‘tkazib, Sofascore’dan 6,1 ball oldi. «Siti» tarkibida eng yaxshi natijani dubl muallifi Erling Xoland (9,0) qayd etdi, to‘rtta gol o‘tkazib yuborgan Janluidji Donnarumma esa eng past baho oldi (5,3).
Bekzod Nazarov