«Slaviya» 0:2 hisobdan qaytdi va «Fenerbahche» bilan o‘yinning 90-daqiqasida hisobni tenglashtirdi — 2:2
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Fenerbahche» «Shyukryu Sarajoglu» stadionida Og‘uz Aydin va Meyson Grinvud gollari bilan 2:0 hisobida oldinga chiqdi, biroq «Slaviya» hisobni tenglashtira oldi. Gubendozining xatosi Lukash Provodning goliga olib keldi, 90-daqiqada zaxiradan maydonga chiqqan Pavel Kachor hisobni tenglashtirdi. «Fenerbahche»da hozir uch o‘yinda ikki ochko bor, «Slaviya»da — birinchi ochko.
Bekzod Nazarov