«Sabah» Umarali Rahmonaliyev bilan Chempionlar ligasida birinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi, «Slaviya»ni mag‘lub etdi
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliyev Chempionlar ligasining 2026/2027-yilgi mavsumi asosiy bosqichi 2-turida «Sabah» tarkibida maydonga tushdi va jamoa pragalik «Slaviya»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, u maydondagi barcha futbolchilar orasida eng ko‘p masofa — 12,71 km yugurdi. Bu klubning turnir asosiy bosqichidagi ilk g‘alabasi: 1-turda «Manchester Yunayted»ga mag‘lub bo‘lgan edi.
Bekzod Nazarov