Panama 9-oktabr zilzilasining ikkinchi qurbonini tasdiqladi
Panama Sog‘liqni saqlash vazirligi 7,5 magnitudali zilzila paytida Santiago-de-Veraguasda maktabdan evakuatsiya qilish chog‘ida boshidan og‘ir jarohat olgan 60 yoshli Regina Mirandaning vafot etganini ma’lum qildi. Birinchi qurbon 68 yoshli Elena Barria bo‘lgan. SINAPROC ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar ro‘yxatiga 35 mingdan ortiq kishi kiritilgan.
Sevara Azamova