«Istanbul Bashakchehir» «Gaziantep»ni mag‘lub etdi: Shomurodovning goli va golli uzatmasi
Turkiya chempionatining 8-turida «Istanbul Bashakchehir» «Gaziantep»ni 2:1 hisobi bilan mag‘lub etdi. Eldor Shomurodov 8-daqiqada hisobni ochdi va 82-daqiqada golli uzatma berdi. O‘zbekistonlik hujumchida mavsumdagi 7 gol — Vedat Muriq, Muhammad Saloh va Gift Orbanda ham shuncha gol bor. Jamoa 11 ochko bilan 10-o‘rinda.
Bekzod Nazarov