O‘zbekiston Energetika vazirligi: qishda rejalashtirilgan ta’mirlardan tashqari elektr energiyasi uzilishlari kutilmaydi
O‘zbekiston Energetika vazirligi vakili 14-oktyabr matbuot anjumanida kuzgi-qishki mavsumda elektr energiyasi uzilishlari faqat rejalashtirilgan ta’mir ishlari bilan bog‘liq bo‘lishini, bunda aholi oldindan ogohlantirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, idora 2025-yilda elektr ta’minoti bo‘yicha shikoyatlar soni deyarli ikki barobar kamayganini xabar qildi.
Nilufar Karimova