Osiyo futbol konfederatsiyasi Janni Infantinoning FIFA prezidenti lavozimiga qayta saylanishini qo‘llab-quvvatladi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) prezidenti shayx Salman bin Ibrohim Al Xalifa Tokiodagi navbatdan tashqari qurultoyda mart oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA prezidenti saylovlarida Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi. Bu avgust oyida FIFA turnirlarining tijorat huquqlarini xususiy investorlarga sotish rejasiga qilingan tanqiddan keyingi burilish. Nomzodliklar qabul qilish muddati — 18-noyabr, hozircha jiddiy raqiblar yo‘q.
Sevara Azamova