Chiuaua shtatining sobiq prokurori TSE bilan hamkorlik uchun davlatga xiyonatda ayblandi
Meksikaning Chiuaua shtati sobiq prokurori Sesar Xauregi Morenoga federal hokimiyatdan bexabar holda TSE bilan hamkorlik qilgani uchun davlatga xiyonat aybi qo‘yildi. Sudya uni sudgacha qamoqda saqlashga qaror qildi. Ish aprel voqeasi bilan bog‘liq: TSE agentlari narkolaboratoriyani yo‘q qilishda qatnashgani ikki amerikalik halok bo‘lgan avtohalokatdan keyin ma’lum bo‘ldi.
Sevara Azamova