Shavkat Mirziyoyev Marko Rubio va Serjio Gorni O‘zbekiston davlat ordenlari bilan mukofotladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibiga Marko Rubioga «Buyuk xizmatlari uchun» ordenini, AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Serjio Gorga esa «Do‘stlik» ordenini topshirdi. Mukofotlar 19-oktyabr kuni Samarqandda topshirilgan bo‘lib, Rubio «C5+1» uchrashuvi va Amerika-O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi yig‘ilishida qatnashish uchun kelgan.
Aziz Karimov