Toshkent aeroporti yaqinida 1,7 ga maydonli sun’iy ko‘l qurilmoqda
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasida 17 ming kv.m (1,7 ga) maydonli favvoralı sun’iy ko‘l yaratish ishlari boshlandi. Suv havzasi samolyotlarning qo‘nish yo‘lagi ostida joylashadi. Ishlar 30% dan ortiq bajarilgan, yil oxirigacha tugatilishi rejalashtirilgan. Suv 30 m chuqurlikdagi yer osti quduqlaridan olinadi.
Javlon Tursunov