Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektar maydonli sun’iy ko‘l qurilmoqda
Toshkentning Sergeli tumanidagi Kumariq mahallasida 17 ming kvadrat metr maydonda favvorali sun’iy ko‘l qurilishi boshlandi. Loyiha poytaxtning barcha tumanlarida 12 ta sun’iy suv havzasi yaratish tashabbusining bir qismi. Asosiy ishlarning 30 foizdan ortig‘i bajarilgan, yil oxirigacha tugatilishi rejalashtirilgan.
Sevara Azamova