Electric Plant startapi Bombadil deb nomlangan sun'iy intellekt modelini yaratdi, u o'simliklarning elektr signallarini tushunadi
Electric Plant startapi uch yil davomida ma'lumot to'plab, Bombadil deb nomlangan til modelini o'simliklarning elektr signallarini talqin qilish va agrariylarga ularning ehtiyojlari haqida xabar berish uchun o'qitdi. Kompaniya Onto Ventures va Climactic boshchiligidagi seed raundda $11,2 mln jalb qildi. Model taxminan 125 turni qamrab oladi, sensorlar esa mavjud vositalardagi minglab dollarlar o'rniga o'nlab dollar turadi.
Javlon Tursunov