Raqobat qo‘mitasi «Ohangarontsement»ni sement yetkazib berishni buzgani uchun jarimaga tortdi
Toshkent viloyat boshqarmasi Raqobat qo‘mitasi «Ohangarontsement»ni 2025-yil noyabr-dekabr oylarida Sarkor-Ishonch-777 va East firmalari bilan tuzilgan shartnomalarni bajarmagani uchun jarimaga tortdi. Kompaniya sementni belgilangan muddatda yubormadi va birja savdolari bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq bajarmadi. Apellyatsiya kengashi qarorni o‘z kuchida qoldirdi.
Sevara Azamova