Dron hujumlari Moskva aviatsiya tuguni ishini buzdi: o‘nlab reyslar boshqa shaharlarga yo‘naltirildi
13-oktyabr kuni kechqurun Moskva aeroportlarida vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi, poytaxtga ketayotgan 30 dan ortiq samolyot zaxira aeroportlarga yo‘naltirildi. Mer Sergey Sobyanin dronlar hujumi haqida xabar berdi, biroq tafsilotlarni ochiq aytmadi. Saratov viloyatida gubernator ma’lumotiga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan.
Aziz Karimov