Blogger Lerchek sudga oshqozon saratonini davolash uchun Xitoyga chiqishga ruxsat berishni so‘radi
Valeriya Chekalina (Lerchek) onkologik kasallikdan davolanish maqsadida Xitoyga chiqishga ruxsat berishni sudga murojaat qildi. TASS agentligi advokat Viktor Duginga tayanib xabar berishicha, sabab oshqozon saratonining qaytalashi bo‘lgan: blogger allaqachon kimyoterapiyaning ikkinchi bosqichini boshlagan. Himoya tomoni Rossiyada yetarli mutaxassislar va preparatlar yo‘qligini ta’kidlaydi. Moskva shahar sudi 17-noyabrda bloggerga chiqarilgan hukmga qilingan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.
Aziz Karimov