Rossiya ikki karra Qahramoni Mixail Gudkovning bevasi Primorye senatori bo‘ldi
Primorye o‘lkasi Qonunchilik majlisi Rossiya ikki karra Qahramoni Mixail Gudkovning bevasi Janna Gudkovga senator vakolatlarini bir ovozdan berdi. Uning nomzodiga yig‘ilishda qatnashgan barcha 38 deputat ovoz berdi. Gudkov 2026-yil sentyabrda o‘lka parlamenti deputati etib saylangan va byudjet-soliq siyosati qo‘mitasiga raislik qilgan.
Sevara Azamova