Messi va Ronaldo „Barcha davrlar Oltin to‘pi“ mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kirdi
20-oktabr yangi „Barcha davrlar Oltin to‘pi“ (Ballon d'Or of All Time, B.O.A.T.) mukofotiga nomzodlarning o‘n kishilik ro‘yxati e’lon qilindi. Lionel Messi va Cristiano Ronaldodan tashqari ro‘yxatga Di Stefano, Cruyff, Beckenbauer, Keegan, Rummenigge, Platini, van Basten va braziliyalik Ronaldo kirdi. France Football mezonlariga ko‘ra, „Oltin to‘p“ni kamida ikki marta qo‘lga kiritgan futbolchilaragina da’vo qilishlari mumkin, shu sababli Pele va Maradona ro‘yxatda yo‘q. G‘olib muxlislar ovozi bilan aniqlanadi.
Sevara Azamova



