NFL komissari Gudell Parijdagi debyut o‘yinni ligani kengaytirishning «faqat boshlanishi» deb atadi
Yakshanba kuni Parijda Fransiyadagi ilk NFL muntazam o‘yini bo‘lib o‘tadi — «Pittsburgh Steelers» «New Orleans Saints»ga qarshi o‘ynaydi. Komissar Rojer Gudell AFPga ligani Fransiyaga bir martalik tashrif uchun kelmagani va uzoq muddatli rejalarni, jumladan xalqaro o‘yinlar sonini mavsumiga 16 taga yetkazish, ehtimol Parijda franshiza va Superbowl o‘tkazishni ko‘rib chiqayotganini aytdi.
Javlon Tursunov