O‘zbekistonliklarga Germaniyada yuk mashinasi haydovchiligi ishi taklif qilinmoqda: 50 bo‘sh ish o‘rni, oylik 1800 yevro
O‘zbekiston Migratsiya agentligi nemis RecruitMed kompaniyasi bilan hamkorlikda Germaniyada ishlash uchun 50 yuk mashinasi haydovchisini tanlash e’lon qildi. Nomzodlar C va CE toifalaridagi haydovchilik guvohnomasi va kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak; yosh — 40 gacha (95-kod sertifikati bilan — 45 gacha). Tanlovdan o‘tganlar Toshkentda olti oy davomida nemis tilini bepul o‘rganadilar va yotoqxona oladilar. Malaka tan olingunga qadar oylik 1800 yevro net bo‘ladi. Suhbatlar 2026-yil 6 va 10-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sevara Azamova